
"Real" futbolchisiga A Seriya klublari da’vogar
"Real" markaziy himoyachisi Nacho Fernandes ushbu transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.
30 yoshli futbolchiga "Milan", "Napoli" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda. Kalidu Kulibalini sotib yuborishi mumkin bo‘lgan "Napoli" klubi ispaniyalik himoyachini xarid qilishi haqiqatga yaqinroq, deb xabar bermoqda As.
Rim klubi esa, "Manchester Yunayted" bilan Kris Smolling transferi borasida kelishuvga erishmasa, Nachoga e’tibor qaratmoqchi.
Tajribali himoyachining Madrid klubi bilan 2022 yilning iyuniga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor.
Fikrlar