
“Real” futbolchisi yozda “Liverpul”ga o‘tishi mumkin
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Daniel Sebalos hozirda o‘zining jamoadagi o‘rnidan norozi bo‘lmoqda va yozda “Liverpul”ga ketmoqchi.
Mirror nashrida yozishicha, futbolchi “Real”da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun Zinedin Zidandan norozi bo‘lmoqda. “Liverpul” esa Sebalosga Emre Janning o‘rinbosari sifatida qaramoqda.
Sebalos ham “qizillar” safida to‘p surishga qarshi emas va yozdayoq Yurgen Klopp boshqaruvidagi klub safiga borib qo‘shilmoqchi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi bu mavsum La Ligada 7 ta bahsda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar