"Real" futbolchisi uchun APLning uchta jamoasi kurashmoqda

  • 5 dekabr, 21:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, frantsiyalik futbolchiga APLning uchta top klubi qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachini "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda. "Qirollik klubi" Eduardo uchun 80 million evro talab qilmoqda. 

Kamavinganing ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 50 million evroga baholanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  real

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!