
"Real" etakchisi "Siti"ga qarshi javob uchrashuvida o‘ynamasligi mumkin
"Real" himoyachisi David Alaba Chempionlar Ligasi doirasidagi "Siti"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Avstriyalik futbolchi "Bernabeu"da o‘tadigan javob uchrashuvida maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Fullbek endigina jarohatidan tiklangan edi.
Agar Alaba tezroq umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytmasa, "Siti"ga qarshi o‘yinda himoya markazi Nacho va Militaoga ishonib topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, "Etihad"da kechgan bellashuvda "qirollik klubi" 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar