"Real" bu mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan futbolchi uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 23 noyabr, 2021, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Lester" himoyachisi Uesli Fofanaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 20 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va buning uchun APL klubiga 40 million evro to‘lashga tayyor.

Fofana ayni damda jarohatidan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda va shu sababli ham u joriy mavsum birorta ham o‘yinda “Lester”ga yordam berolmadi. U o‘tgan mavsum "tulkilar" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!