“Real” bu ishni yuz marta uddaladi

  • 7 may, 2023, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogidagi g‘alaba “Real” futbolchilariga bir necha tarixiy natijalarni taqdim etdi.

Tecno

Xabaringiz bor, madridliklar bosh sovrin uchun o‘tkazilgan hal qiluvchi bellashuvda “Osasuna” ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, o‘z tarixida 20-marotaba mamlakat kubogi egasiga aylandi.

Shu tariqa, “Qirollik klubi” o‘z tarixida 100 ta sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi ispan klubiga nomini oldi.

Statistika mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, madridliklar Ispaniya kubogidagi 20 ta bosh sovrindan tashqari, La Ligada 35, Ispaniya Superkubogida 12, Evropa Chempionlar ligasida 14, Evropa Superkubogida 5, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 5, Qit’alararo kubokda 3, UEFA kubogi,  Lotin kubogida 2, Ispaniya ligasi kubogi hamda Eva Duarte kubogida 1 martadan muvaffaqiyat qozongan.

“Real” joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda va bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!