
"Real" Bellingem transferi uchun ilk qadamni tashladi
"Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingem yozning eng katta transferlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Yarim himoyachiga "Liverpul" va "Real" asosiy davogarlardan biri bo‘lmoqda. Madridliklar ushbu harid uchun ilk qadamni tashladi.
"Diario Sport" nashri xabar berishicha, "Qaymoqranglilar" bo‘lajak FIFA kunlarida muzokaralarni boshlamoqchi. Ayni dam klub skautlari Judning oila-a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi.
Ma’lumot uchun, Bellingem ushbu mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar