
“Real” bahaybat futbolchi topdi
“Real” mutasaddilari klubga “Osasuna” yoshlar jamoasi himoyachisi Kristian Mutilvani olib kelish harakatiga tushdi.
Bu futbolchining jismoniy ko‘rsatkichlari ko‘pchilikni hayratga solmoqda. 17 yoshli futbolchining bo‘yi ikki metrga yaqin. Yakkakurashlarda, ayniqsa, “ikkinchi qavatda” uni engish juda mushkul, ikkala oyog‘i bilan ham kuchli zarba berib, erkin o‘ynay oladi.
Hozircha, yoshlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda o‘ynab yurgan Mutilvaning transfer summasi 1,5 million evroni tashkil qilmoqda. Biroq, asosiy tarkibga jalb qilinishi bilan narxi 8 million evroga ko‘tariladi.
Mutilvaning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Shunga qaramay, “Real” bu futbolchini transfer qilish uchun uning 18 yoshgacha to‘lishini kutishi kerak.
Fikrlar