
"Real" Azarga xaridor topa olmayapti
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Eden Azardan qutulmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Mario Kartaxena.
"Qirollik klubi" belgiyalik futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi, ammo hozircha hech bir jamoa futbolchiga qiziqish bildirgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Madrid 2019 yilda Azarning transferi uchun 110 million evrodan ortiq mablag‘ to‘lagan, bu belgiyalik futbolchini "qaymoqranglilar" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylantirgan.
31 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Azar klub safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol urdi va 1 golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar