Rayan Giggz: Messidek futbolchini hayotingizda bir marta ko‘rasiz

  • 24 oktabr, 2019, 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi va Uels terma jamoasi sobiq futbolchisi Rayan Giggz “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.

Tecno

“Messi yoki Krishtianu? Bu erda Messiga tenglasha oladigan yo‘q.

Ulardan birini tanlash qiyin. Aslini olganda men Krishtianu Ronalduni tanlagan bo‘lardim. Chunki, men u bilan birga o‘ynaganman va uning qay darajada o‘sganini ko‘rganman. Ammo, Messi – daho. Leo shunday futbolchiki, siz bunaqasini umringizda faqat bir marta ko‘rasiz”, - deydi Giggz.

Eslatib o‘tamiz, Giggz va Ronaldu 2003-2009 yillarda MYu safida birga to‘p surishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
24/10/2019 20:08
Messidek futbol dahasi birgina boshqa kelmaydi