
Rasman! "Yuventus" 17 yoshli shveytsariyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Shveytsariyaning "Bazel" klubi himoyachisi Albian Xajdari faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, turinliklar 17 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolashgan.
Shveytsariya U17 terma jamoasi a’zosi hisoblangan Xajdari “Bazel”ning yoshlar jamoasida to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar