
Rasman! "Turon" yangi bosh murabbiyini ro‘yxatdan o‘tkazdi (foto)
"Turon" jamoasi yangi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, oldingi bosh murabbiy Anvar Berdiev murabbiylar shtabida Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan yordam beradi.
Ashurmatov bugunga qadar AGMK, "Guliston", "Surxon", "Buxoro", "Andijon", "Navbahor" va "Qo‘qon-1912" klublarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, murabbiylik faoliyati davomida Olmaliqning AGMK klubi bilan O‘zbekiston kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar