Rasman! "Turon" klubi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

  • 2 iyul, 2023, 21:06
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodli mutaxassis Yorqin Nazarov "Turon" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

"Kuni kecha klubimiz qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Klub rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda taniqli mutaxassis Yorqin Nazarov jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Nazarov bugunga qadar “Bunyodkor”, “Surxon”, “Andijon” va "Sho‘rtan” kabi nomdor klublarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Yangi bosh murabbiyga klubimiz rahbariyati tomonidan jamoamizning Superligada o‘z o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yildi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
02/07/2023 22:50
Бу "мутахассис" сугдиенани синдирганди, энди турон хам тамом эканда...