
Rasman! Tim Kexill faoliyatini yakunladi
Avstraliyalik mashhur futbolchi Tim Kexill butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 39 yoshli yarim himoyachi 31 mart kuni, ya’ni ayni damda to‘p surayotgan Hindistonning "Jamshedpurom" klubi bilan shartnomasi rasman yakunlangach katta futboldan ketadi.
Ma’lumot uchun, Kexill faoliyati davomida "Milluoll", "Everton", "Nyu-York Red Bullz", "Shanxay Shenxua", "Xanchjou Grintaun" va "Melburn Siti" kabi jamoalarda to‘p surgan. Avstraliya terma jamoasi safida esa 107ta o‘yin o‘tkazib, 50ta gol urishga erishgan.
Fikrlar