Rasman! "Surxon" Nimeli bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi (foto)

  • 5 dekabr, 2023, 15:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil Superligada debyutini o‘tkazib, “Surxon” safida to‘purarlik salohiyatini ko‘rsatgan Silvanus Nimeliga qiziqayotganlar ko‘p edi. Ammo termizliklar uni yana o‘z safida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Natijada "Surxon" Nimeli bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirilganini  klub matbuot xizmati e’lon qildi:

“Jamoamizning liberiyalik hujumchisi «Surxon» bilan shartnomani uzaytirdi. O‘tgan mavsumda Nimeli chempionatning eng yaxshi hujumchilari qatoridan joy oldi.

nimeli3

2023 yilgi barcha musobaqalarda u 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qolaversa, muxlislarimizning yoqimtoyiga aylandi, buning evaziga jamoamiz 2023 yilgi mavsumda munosib ishtirok etdi”, -deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
05/12/2023 18:14
Отанга рахмат Нимели.