
Rasman! "Roma" murabbiyi iste’foga chiqarildi
Bu boradagi qaror jamoaning EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Portu"dan uchralgan (1:3) mag‘lubiyatdan so‘ng qabul qilindi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "bo‘rilar" mazkur musobaqani tark etgan edilar.
Di Franchesko o‘yindan keyingi matbuot anjumaniga tashrif buyurmagan edi. Shu bois UEFA uni jarimaga tortishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Roma" Italiya A Seriyasida ortda qolgan 26 turdan so‘ng 44 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar