
Rasman! "Real" hujumchisi "Xetafe"ga o‘tdi
"Real" futbolchisi Borxa Mayoral yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, hujumchi "Xetafe" klubiga o‘tdi. Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar berdi.
Transfer summasi 10 million evroni tashkil qiladi. Klub va futbolchi o‘rtasida 5 yillik shartnoma imzolandi.
Mayoral o‘tgan mavsumni aynan shu klub safida o‘tkazgan. U La Liganing 18 o‘yinida 6 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar