
"Qo‘qon-1912" jamoasi sardori bilan shartnomani uzaytirdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi sardori Bobur Akbarov bilan shartnomani uzaytirdi.
"O‘tgan mavsum jamoamizning himoya chizig‘ining asosiy vakillaridan biri, "Qo‘qon-1912" sardori Bobur Akbarov yangi mavsumda ham biz bilan qoladi. Bugun himoyachi jamoamiz bilan yangi bir yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi.
Bobur Akbarovga mavsum omadli o‘tishini va “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan birgalikda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini tilab qolamiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.
Fikrlar