Rasman! PSJning asosiy darvozaboni EChL yarim finalida o‘ynamaydi

  • 17 avgust, 2020, 08:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ darvozaboni Keylor Navas jarohati sabab Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "RB Leyptsig"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kosta-rikalik posbon musobaqaning chorak finalida “Atalanta”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. U shu kuni 79-daqiqadayoq zaxiraga olingan edi.

PSJ - "RB Leyptsig" jamoalari bellashuvi 18 avgust kuni Lissabondagi "Da Lush" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!