
Rasman! "Paxtakor" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
"Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub o‘zining Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
2019 yildan boshlab toshkentliklar safida o‘ynab kelayotgan Quvvatov hozirgacha "sherlar" uchun jami 75 uchrashuv o‘tkazib ulgurdi. Sanjar klub bilan 2024 yil oxirigacha mo‘ljallangan kelishuvni imzoladi.
Quvvatov O‘zbekistondagi ichki musobaqalarning deyarli barchasida g‘alaba qozongan futbolchilardan biri sanaladi. U Superliga, O‘zbekiston Kubogi, Liga Kubogi, Superkubogidan tashqari Pro-liga g‘olibiga ham aylangan.
Fikrlar