
Rasman! Oston O‘runov sobiq klubiga qaytdi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov rasman "Ufa" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, boshqirdistonliklar Ostonni mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. Qolaversa, ufaliklar 20 yoshli futbolchini mavsum oxirida to‘liq transfer qilish borasida ham kelishuvga erishdi.
Oston avval ham "Ufa" safida to‘p tepgan. Yarim himoyachi mazkur jamoa safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar