
Rasman! Nikola Lazarevich "Qizilqum" bosh murabbiyi
Bir necha kun muqaddam Sports.uz orqali serbiyalik mutaxassis Nikola Lazarevich yana "Qizilqum" bosh murabbiyiga aylanishini va u Navoiyga kelgani haqida xabar bergandik. Bugun klub rasman uni bosh murabbiylikka qaytganini e’lon qildi.
"Qizilqum" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Navoiylik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan serbiyalik mutaxassis Nikola Lazarevich klub bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi. U 2025 yil mavsum so‘nggiga qadar jamoani boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik ushbu mutaxassis 2022 yilgi mavsumda ham "Qizilqum"ni boshqargan va klub bilan Superligada 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar