Rasman! "Neftchi" Vladimir Yovovich bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Professional ligasi tomonidan yilning eng yaxshi legioneriga aylangan, Chernogoriya terma jamoasi a’zosi Vladimir Yovovich "Neftchi" safida faoliyat olib boradigan bo‘ldi. U bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz futbolchi o‘tgan mavsum davomida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi tarkibida 8 gol urib, 8 golga assistentlik vazifasini bajargan.



Fikrlar