
Rasman! "Nasaf" Oybek Bozorov bilan shartnomani uzaytirdi
Qarshining "Nasaf" jamoasi etakchilari bilan shartnomalarni uzaytirmoqda. Bu haqda "ajdarlar" matbuoti xabar berdi.
"Jamoamizning eng muhim figuralaridan biri Oybek Bozorov ham shartnomasini uzaytirdi!
Yangi mavsumda yangi maqsadlar sari dadil odimlayotgan jamoamizning bir bo‘lagi sifatida ishtirok etishiga tilakdoshmiz!", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Qarshi klubi bunga qadar Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov, Shuhrat Muhammadiev, Javohir Sidiqov, Sherzod Nasrullaev, Abduvohid Ne’matov kabi etakchilari bilan kelishuvni uzaytirgan edi.
Fikrlar