
Rasman: MYu futbolchisi "Alaves"ga ko‘chib o‘tdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fakundo Pellistri mavsumning qolgan qismini Ispaniya chempionatida o‘tkazadi.
"Alaves" 19 yoshli urugvaylik futbolchining ijara shartnomasi bo‘yicha "qizil iblislar" bilan kelishuvga erishdi. Ispan klubida futbolchini to‘laqonli sotib olish imkoniyati mavjud.
Pellistri mavsum boshida MYu safiga "Penyarol" klubidan kelib qo‘shildi, biroq asosiy tarkibda maydonga tushmadi.
Fikrlar