Rasman! Mundialni tark etgan terma jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

  • 30 noyabr, 2022, 19:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush iste’foga chiqarildi. Bu haqda portugaliya mutaxassis o‘z instragram sahifasida ma’lum qildi. 

"Yigitlar va qadrli do‘stlar. Men sizlar bilan faxrlanaman. Siz maydonda ham, undan tashqarida ham ajoyibsiz. 

Bu futbol oilasining bir qismi bo‘lish men uchun sharaf edi. Ishonamanki, sizlar hurmatga loyiqsiz. Barchangizga baxt, tinchlik, muvaffaqiyat hamda sog‘liq tilayman. Rahmat", - deya yozib qoldirdi Keyrush. 

Qayd etish lozim, u boshchiligida forslar JCh-2022 doirasida guruh bosqichda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda, musobaqani tark etdi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!