
“Liverpul”, ranjima, ketmasam bo‘lmaydi!
Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” sharafini himoya qilib kelayotgan muhim o‘yinchilardan Ibrohim Konate jamoani tark etish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Footmercato nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, markaziy himoyachi klub bilan tuzilgan va 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan shartnomani uzaytirishni istamadi.
Frantsiyalik futbolchi yangi chaqiruv va sinovlarga tayyorligini bildirdi. “Liverpul” va Konate o‘rtasidagi muzokaralar natijasini bir necha qudratli klublar diqqat bilan kuzatib bordi. Ularni 26 yoshli futbolchini kelasi yoz bepul qo‘lga kiritish imkoniyati qiziqtirmoqda.
Ibrohim Konateni anchadan beri “Real” kuzatib kelmoqda va ular o‘yinchiga Angliya klubi bilan yangi bitim tuzmaslikni tavsiya qilgan. “Qirollik klubi” xuddi shu usulni “Liverpul”ning boshqa vakili Trent Aleksander-Arnoldga nisbatan qo‘llab, nihoyat shu yoz o‘ng qanot himoyachisini erkin agent sifatida qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Konatega madridliklardan tashqari “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli klublar ham ko‘z tikmoqda.
2021 yildan beri liverpulliklar tarkibida o‘ynab kelayotgan futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 60 million evroga baholangan.
Fikrlar