Rasman! Martinesga Pogbaning raqami berildi (foto)

  • 28 iyul, 2022, 17:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted" "Ayaks"dan himoyachi Lisandro Martinesni sotib olgandi. Bugun futbolchi "qizil iblislar" safida qaysi raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Martines 6-raqamli libosda harakatlanadi. Avval bu raqam "Yuventus"ga o‘tib ketgan Pol Pogbaga tegishli edi. 

Lisandro "Ayaks"da 21-raqamli formada o‘ynagan. Hozir Manchester klubida bu raqam Donni van De Bekka tegishli. 

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik iqtidor egasining transferi "Manchester Yunayted" uchun 57 million evroga tushgan. 

martine

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!