Rasman! Martines "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi
"Manchester Yunayted" "Ayaks" himoyachisi Lisandro Martinesni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi mankunianliklar bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning transferi MYuga 55 million evroga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklarning yangi murabbiyi Erik Ten Hag Lisandro bilan "Ayaks"da birga ishlagan.



Fikrlar