
Rasman! Kamaru Usman va Xorxe Masvidalning revansh jangi sanasi tasdiqlandi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Xorxe Masvidal bilan 24 aprel kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC 261” turnirining markaziy jangida oktagonga ko‘tariladi. Mazkur to‘qnashuv rasman e’lon qilindi.
Ushbu jangchilar o‘rtasidagi birinchi jang o‘tgan yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan va unda Usman ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi. Shundan keyin nigeriyalik jangchi joriy yilning fevral oyida Gilbert Byornsni 3-raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgandi. Masvidal esa revanshni kutib, bu vaqt orasida jang o‘tkazmagandi.
Manba:Allboxing.ru
Fikrlar