
RASMAN! Frensis Ngannu UFC‘dan ketdi. Uning kamari uchun Djon va Gan jang qiladi
Og‘ir vaznda UFC chempioni Frensis Ngannu (17-3) tashkilot bilan davom etgan uzoq muzokaralardan so‘ng UFC bilan yangi shartnoma imzolamaydigan bo‘ldi.
Tashkilot rahbari Dana Uaytning ma’lum qilishicha, Ngannu kamarni vakant qoldiradi va egasiz qolgan kamar uchun sobiq yarim og‘ir vazn chempioni amerikalik Djon Djons (26-1, 1 NC) va og‘ir vaznda sobiq vaqtinchalik chempion frantsiyalik Siril Gan (11-1) o‘zaro 4-mart sanasidagi UFC 285: Jones vs. Gane turniri asosiy jangida titul masalasini hal qilib oladigan bo‘lishdi.
Demak, shu o‘rinda UFC 285: Jones vs. Gane turniri to‘liq kardi bilan tanishib o‘tamiz:
ASOSIY KARD
Djon Djons - Siril Gan;
Viven Araudjo - Amanda Ribas;
Derek Branson - Drikus dyu Plessi;
Djeff Nil - Shavkat Rahmonov.
PRELIM KARD
Djeymi Pikett - Bo Nikal;
Djessika Penn - Tabata Richchi;
Farid Basharat - Dey‘Mon Blaksher;
Kodi Garbrandt - Xulio Arse;
Mario Bautista - Guido Kannetti;
Djulian Markez - Mark-Andre Barrio;
Kamuela Krik - Esteban Ribovich.
Eslatib o‘tamiz, UFC 285: Jones vs. Gane turniri O‘zbekiston vaqti bilan 4-martdan 5-martga o‘tar kechasi AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida joylashgan T-Mobile Arena saroyida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar