Rasman: Eshli Yang "Inter" futbolchisi

  • 18 yanvar, 2020, 00:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang rasman "Inter" futbolchisiga aylandi.

Tecno

34 yoshli ingliz "neradzurrilar" bilan 2020-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi. Ammo "Inter"da kelishuvni yana bir mavsumga cho‘zish imkoniyati mavjud.

Ushbu transfer 1,5 million evroni tashkil qilgani taxmin qilinmoqda. Oldinroq, Eshli Yang bir yarim yil davomida "Inter"da 6 million evro ishlab topishi xabar qilingan edi.

Yang MYu tarkibiga 2011-yil kelib qo‘shilgan edi. Umumiy hisobda u mankunianliklar uchun jami 219 ta o‘yin o‘tkazib 19 ta gol kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!