Rasman! "El-klasiko"ni kim boshqarishi aniq bo‘ldi

  • 8 aprel, 2021, 16:00
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 10 aprel kuni butun dunyo muxlislari ikkiga bo‘linadi. Ispaniya La Ligasi 30-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuvi ichki chempionatda ko‘plab savollarga oydinlik kiritib beradi.

Tecno

Madriddagi "Alfredo Di Stefano" stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur qarama-qarshilik uchun hakamlar brigadagi tayinlandi. Antonio Mateu Laos boshchiligidagi hakamlar brigadasi mavsumning ikkinchi "el-klasiko"sini boshqarib boradi.

Ispaniyalik referiga videotakrorlarda Sesar Soto Grado boshchiligidagi hakamlar yordam beradi. Ushbu referi Evropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya" - PSJ uchrashuvida ham hakamlik qilgandi.

Ma’lumot uchun, bu 44 yoshli mutaxassisning faoliyati davomidagi 6-"el-klassiko"si hisoblanadi. Bungacha uning boshqaruvidagi shunday uchrashuvlardan 3 tasida "qirollik klub"i g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 ta o‘yin kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘lgan. Yana bir bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Orif Akbarov
08/04/2021 18:06
EL KLASSICO YAXSHI O‘YIN BO‘LSA BO‘LDI