
Rasman! EChL g‘olibi "Real" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger "Real" Madrid uchun muvaffaqiyatli tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Ushbu transfer 100 foiz amalga oshadi. "Qirollik klubi" EChL finalidan so‘ng buni rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, nemis futbolchisi "qaymoqranglilar" bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib bo‘lgan.
Qayd etish lozim, 29 yoshli o‘yinchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi va u Madrid klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Fikrlar