
Rasman! Danilo "Al-Ittixod" futbolchisi
Danilo Pereyra PSJdan "Al-Ittihod" safiga ko‘chib o‘tdi. Frantsiya klubi 32 yoshli yarim himoyachini sotishga rozi bo‘ldi. Saudiya Arabistoni klubi yarim himoyachi uchun besh million evro miqdorida pul to‘laydi.
Avvalroq futbolchiga "Barselona", "Atletiko Madrid" va "Portu" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Danilo parijliklar safida Liga 1 doirasida 26 ta o‘yin o‘tkazgan edi. Portugaliyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumdan beri "PSJ"da o‘ynab kelayotgan edi.
Fikrlar