
Rasman! "Bavariya" uning jamoadan ketganini e’lon qildi
Myunxenning “Bavariya” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali frantsiyalik yarim himoyachi Korentin Tolisso besh yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etganini e’lon qildi.
"Korentin Tolisso besh yil davomida jamoamizning bir qismi bo‘lib, 2020 yilgacha oltita sovrin bilan tarixga kirdi. Biz unga erishgan yutuqlari va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda eng yaxshi tilaklarni tilaymiz", - deya vaziyatga izoh berdi “Bavariya” bosh direktori Oliver Kan.
"Biz Korentin Tolissoga besh yil muvaffaqiyatli birga ishlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Hatto qiyin bosqichlarda ham u hech qachon o‘zini chetga olmadi va har doim "Bavariya" uchun jonini berdi. Biz unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - dedi “Bavariya” sport direktori Xasan Salixamijich.
Fikrlar