
Rasman. Afsonaviy Robben yana maydonga qaytdi!
Gollandiyalik futbol afsonasi Aren Robben katta futbolga qaytgach ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
36 yoshli futbolchi "Groningen" safida "Almer Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 30 daqiqa harakat qildi. Ushbu bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, Robben 2019 yilda butsalarini mixga ilganini ma’lum qilgan edi. Ammo o‘tgan oy yana katta futbolga qaytishga qaror qildi. U faoliyati davomida “Chelsi”, “Real” va “Bavariya” kabi grand klublarda to‘p surgan.
Fikrlar