Rangnik Ronalduni xafa qildi

  • 15 yanvar, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu premer-liga doirasida “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edi.

Tecno

Shundan so‘ng, jamoada sardor nega o‘zgargani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Bosh murabbiy Ralf Rangnik bunga izoh berdi.

- Hozir sardorni almashtirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Harri Maguayr shu paytgacha jamoa sardori edi va u maydonda ekan bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Agar u o‘ynamasa, o‘rniga boshqasini tanlaymiz. Bu har bir uchrashuvda o‘zgarishi mumkin. Hammasi o‘sha kuni kimlar maydonga tushishiga bog‘liq masala, - dedi Ralf Rangnik.

O‘sha uchrashuvda manchesterliklar o‘z maydonida kichik hisobda mag‘lub bo‘lib, hamma qatori jamoaga sardorlik qilgan Ronaldu ham tanqid ostida qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!