Rangnik qimmat hujumchini ko‘zladi

  • 6 yanvar, 2022, 00:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashri “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Ragnik klub xo‘jayinlarini “Chelsi”dan Timo Vernerni olishga chaqirayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis London klubida o‘z o‘rnini topa olmayotgan hamyurti “Manchester Yunayted”ni kuchaytira oladigan sifatlarga ega ekaniga ishonmoqda.

Rangnikning ta’kidlashicha, agar “Chelsi” Vernerni zaxirada ushlab qolaversa, futbolchi “Manchester Yunayted” taklifini muammosiz qabul qiladi.

Avval ham manchesterliklar “Chelsi”dan Xuan Mata va Nemanya Matich kabi iste’dodli o‘yinchilarni transfer qilishni uddalagan va Verner bilan ham shunday bo‘lishi mumkin.

Germaniyalik hujumchining transferini amalga oshirish uchun “Manchester Yunayted”ga 65 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!