Rakitich yozda MYu ning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2019, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlamayapti.

Tecno

Calciomercato nashrining yozishicha “qizil iblislar” yozda 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi masalasida kataloniyaliklarga murojaat qilishgan. Biroq, Rakitich ushbu taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitich etarli o‘yin amaliyoti bo‘lmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa MYudan tashqari shuningdek PSJ, "Yuventus", "Inter" va "Milan" ham qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!