Rafinya "Oltin to‘p" uchun kurashdagi o‘zining va Yamalning imkoniyatlari haqida gapirdi

  • 1 avgust, 22:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi hisoblangan Rafinya "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi. 
 
Shunday muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng "Oltin to‘p" "Barselona" futbolchisiga berilishi kerakmi? 
 
"Menimcha, hamma narsa adolatli bo‘lishi kerak, xolos. 
 
Mening fikrim ham ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu murakkab masala. Nazarimda, bu biroz chalkash mukofot. Men uchun o‘z uyimda, oilam, farzandlarim va men uchun qadrli bo‘lgan insonlar nazarida dunyoning eng yaxshisi bo‘lish muhimroq". 

Tecno

Raphinha of FC Barcelona looks on during the preseason friendly between Vissel Kobe and FC Barcelona at Noevir Stadium Kobe on July 27, 2025 in Kobe,...
 
Lamin Yamal ham g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Bunga qanday fikrdasiz? 
 
"U ajoyib futbolchi. U hali uzoq yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib qoladi, ammo bu o‘ziga bog‘liq. Ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Unda iste’dod bor", - deya ta’rif berib o‘tdi "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!