Rafinya "Barselona"ni qachon tark etadi?
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Kataloniya klubini orzusini amalga oshirmagunicha tark etmoqchi emas.
Gap shundaki, braziliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmagunicha jamoani tark etmaydi. Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi "Barselona" bilan klub miqyosidagi barcha katta titullarni yutishni istaydi. Rafinya kataloniyaliklar safiga 2022 yilda "Lids" klubidan kelib qo‘shilgandi. "Barsa" so‘nggi bor 2015 yilda EChLda g‘olib bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Xans-Diter Flik shogirdlar yarim finalga qadar etib borgan va "Inter"ga imkoniyatni boy bergan edi.
Ma’lumot uchun, vinger joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar