Rafinya: “Barsa” uchun during yaxshi natija bo‘lar edi”

  • 6 mart, 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" hujumchisi Rafinya “Benfika”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bizni juda qiyin o‘yin kutayotganini bilardik. "Benfika"ning qay darajada o‘ynashini his qilgan edik. Raqib o‘z uyida, muxlislari oldida o‘ynadi va bu ularga motivatsiya qo‘shdi. Biroq, bu erdan ijobiy natija bilan ketish qanchalik muhimligini ham tushunardik. O‘ylaymanki, durang ham biz uchun yaxshi natija, g‘alaba esa undan ham yaxshi bo‘lardi. 

Qizil kartochkadan so‘ng biz bir jamoa bo‘lib qoldik, qanday harakat qilish kerakligini bilardik va o‘ylaymanki, bu katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchi bo‘lgan jamoa uchun eng muhimi. Shuni tushunishimiz kerakki, bizda bundan ham qiyinroq o‘yinlar bo‘ladi va ularga chidashimizga to‘g‘ri keladi. Nazarimda, bugun jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz juda muhim natijaga erishdik,"
- dedi "Barselona" vingeri. 
 
Raphinha Dias of Barcelona celebrates after soring his goal during the UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 first Leg match between SL Benfica...

Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuvning 61-daqiqasda yagona golini braziliyalik hujumchi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Rafinyaning ushbu sa’yi harakatlarini "Sofacore" portali 8.0 ballga loyiq ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!