
Rafinya "Barsa" superkambek amalga oshirgan o‘yin haqida o‘z fikrini bayon etdi
Rafinya "Barselona"ning Chempionlar ligasida "Benfika" ustidan (5:4) qozonilgan g‘alabasini yuqori baholadi.
O‘yin davomida "ko‘k-anorranglilar" 1:3, shuningdek, 78-daqiqaga kelib 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgandi.
"Qiyin bo‘lishini bilardik. Raqiblar ancha kuchli, ayniqsa o‘z muxlislari ko‘z oldida. Eng muhimi butun o‘yin davomida konsentratsiyani saqlab turdik.
Biz o‘yinni o‘zgartirish, ikkinchi golni urish va yana kurashga kirishish niyatida ikkinchi bo‘limga chiqdik va bellashuv oxirigacha buni uddalay oldik. Taslim bo‘lmadik va g‘alaba biz tomonda bo‘ldi.
Biz o‘z salohiyatimizni va o‘yinga yondashuvimizni yaxshi bilamiz. Murabbiy bizga ishonadi, biz esa o‘zimizga. O‘ylaymanki, natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, eng muhimi, har doim vaziyatni o‘zgartirish mumkinligini bilamiz", - dedi "ko‘k-anorranglilar" vingeri.
Fikrlar