
Rafael Benites faoliyatini qaerda davom ettirmoqchiligini aytdi
Ispaniyalik mashhur mutaxassis Rafael Benites faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.
"Mening maqsadim Angliya premer-ligasi. Menga APL yoqadi va oilam ham Angliyada yashaydi. Ammo men sovrinlar uchun kurashmoqchiman, shuning uchun menga aniq loyiha kerak. Shu bois, o‘zimga mos variantni izlayapman. Bir yoki ikki oy kutaman va shundan so‘ng qaror qilaman ", - dedi Benites Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 60 yoshli Benites so‘nggi ish joyi Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi bo‘lgan edi. U Angliyada "Liverpul", "Chelsi" va "Nyukasl" klublarini boshqargan.
Fikrlar