Qozoq futbolchisi “Andijon”ni unutmaydi!

  • 29 yanvar, 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Abinur Nurimbet o‘tgan yilning ikkinchi yarmini “Andijon”da o‘tkazib, faoliyatidagi ilk sovrin – O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Iste’dodli o‘yinchi yangi mavsumda o‘z yurtida o‘ynab, Qozog‘iston milliy terma jamoasiga kirishga urinib ko‘radi. Nurimbet O‘zbekistonda unutilmas onlarni boshidan o‘tkazganini aytib berdi.

- “Andijon” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Shuning uchun ham butun shahar bu muvaffaqiyatni keng nishonladi. Bayram uyushtirildi, muxlislar bilan uchrashdik. Yoqimli hissiyotlar og‘ushida bo‘ldik.

To‘g‘risi, “Andijon” safida sovrin yutishni tasavvur ham qila olmasdim, chunki oliy maqsadim jamoa asosiy tarkibiga kirib, muntazam o‘yin amaliyotiga bo‘lish edi. Lekin ajoyib tuyg‘uni boshimdan o‘tkazdim, 19 yoshimdayoq ilk sovrinimga ega bo‘ldim, - dedi Abinur Nurimbet.

Abinur “Taraz” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 18 yoshida Belarusga yo‘l olib, “Energetik-BGU” va “Gomel” kabi klublarda o‘ynab kelgan. Nurimbet 2024 yilning yozida “Andijon” safiga qo‘shildi. Andijonliklar safida jami oltita uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!