Qo‘qonliklar ustozi o‘z maydonida "Metallurg"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 30 sentabr, 2019, 19:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 21-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Aziz To‘xtaboev qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Gapimni boshida shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bugun futbolchilarimiz mag‘lubiyatga loyiq emasdilar. Uchrashuvni yaxshi boshlagan edik. Tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. 23-daqiqagacha to‘liq ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. 23-daqiqada kutilmaganda Murod Xolmuhammedovning qizil kartochka olib maydonni tark etgani o‘yinimizga salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Shogirdlarimning bugungi harkatlari muxlislarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman.

Shu o‘rinda bizni stadionda qo‘llab turgan ishqibozlarimizga katta rahmat aytaman. Ular hisob 1-3 bo‘lib turganda ham jamoamizni ajoyib tarzda qo‘llab turishdi. O‘yin so‘nggida esa futbolchilarni qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. Keyingi bahslarda biz albatta muxlislarni xursand qilamiz.

Yosh futbolchimiz Hojimat Erkinov bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U yuqori texnikaga ega. O‘ylamanki, kelajakda uning jamoamizga hamda terma jamoalarimizga katta foydasi tegadi, - dedi Aziz To‘xtaboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
30/09/2019 23:43
"Кукон"нинг хамма 10 футболчиси зур уйнади. Хаммасига зур уйин учун рахмат. Бундан буёгига хамиша шундай уйнанг!