
Qo‘qondagi stadionning ochilish o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Nihoyat, qo‘qonlik futbol ixlosmandlari orziqib kutgan onlar etib kelmoqda. Yana ikki kundan keyin zamonaviy ko‘rinishga kelgan “Markaziy” o‘yingohda katta futbol bayrami bo‘lib o‘tadi. Shanba kuni futbolchilarimiz Coca Cola Superligasi 11-tur doirasida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalar bugundan stadion kassalarida sotilmoqda. Chiptalar naxri xuddi o‘tgan yildagi kabi 10 000 va 15 000 so‘mni tashkil etmoqda. Uchrashuvdan oldin muxlislarga kontsert dasturi namoyish qilinadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Qo‘qon-1912» – «Dinamo» o‘yini 15 iyun kuni soat 18:00da boshlanadi. Ertaga esa Uchko‘prikdagi "Markaziy" stadionida "Qo‘qon-1912" - "Dinamo" jamoalarining 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari o‘zaro kuch sinashadilar. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar