"Qo‘qon-1912" so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi

  • 2 mart, 19:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada munosib ishtirok etish uchun yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘inning so‘nggi uchrashuvida "Dinamo"ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda Bahrom Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi.

Endi jamoa a’zolari 8 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Andijon"ga qarshi uchrashuvga Qo‘qon shahrida tayyorgarlik ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Узимдааа Мендааа
02/03/2025 21:28
Киззик бу ерда хам динома нинг таркиби берилмаган???