
"Qo‘qon-1912" o‘z safiga uch nafar yangi futbolchi qo‘shib olganini e’lon qildi
Ikkinchi davra oldidan "Qo‘qon-1912" jamaoasi bir qator futbolchilar bilan shartnomalar tuzdi. Jamoaning yangi futbolchisi - Egor Kondratyuk.
Ukrainalik futbolchi «Nasaf» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, qanot vingeri sifatida harakat qiladigan futbolchi faoliyati davomida Ukraina va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.
Egor Kondratyuk
Tug‘ilgan sanasi: 03.08.2000
Ampluasi: Qanot vingeri.
Shuningdek, ikkinchi davra oldidan darvoza chizig‘ini kuchaytirish uchun yana bir darvozabon bilan shartnoma tuzdi. Faoliyatini katta qismini "Nasaf"da o‘tkazgan darvozabon Azamat Soyibov endilikda qo‘qonliklar sharafini himoya qiladi.
Azamat Soyibov
Tug‘ilgan sanasi: 20.12.1998
Ampluasi: Darvozabon.
Bundan tashqari, tajribali futbolchilar bilan bir qatorda yosh futbolchilar bilan ham shartnoma tuzishda davom etadi. "Qo‘qon-1912" "Andijon" jamoasi a’zosi Asadbek Xabibullaev bilan shartnoma tuzdi. Kelishuv mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Asadbek Xabibullaev
Tug‘ilgan sanasi: 01.04.2004
Ampluasi: Markaziy himoyachi.
Fikrlar